Surxondaryoda 2-sinf qiz yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

20:20 11 Mart 2025 Jamiyat
278 0

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 8 yoshli qiz halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat 7-mart kuni viloyatning Boysun tumani “Darband” mahallasi hududida sodir boʻlgan. 2-sinf oʻquvchisi boʻlgan 8 yashar qiz maktabdan chiqib, avtomobil yoʻlini kesib oʻtayotgan vaqtda 33 yoshli haydovchi GAZ-53 rusumli yuk avtomashinasi bilan kelib uni urib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida 8 yoshli qizaloq olgan ogʻir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida opa-singilning oʻlimiga sababchi boʻlgan Cobalt haydovchisiga nisbatan hukm oʻqilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan ish Baxmal tuman sudida koʻrib chiqilgan. Sud hukmiga koʻra, haydovchi 3-yil muddatga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 9-yilu 6 oyga muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, jabrlanuvchining foydasiga 145 million soʻm maʼnaviy va moddiy zarar toʻlanishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер