Surxondaryoda 16 nafar soha faollariga davlat mukofoti topshirildi

17:13 30 Avgust 2024 Jamiyat
461 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning farmoniga koʻra, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashga va uni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyatidan 16 nafar turli soha faollari ana shunday yuksak mukofotlarga sazovor boʻldi. Termiz shahrida mukofotlarni oʻz egalariga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Kamtarona mehnatim yuksak orden bilan mukofotlanganidan behad baxtiyorman, — deydi II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibi, Termiz tumani “Yangihayot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi Gulchehra Xudoynazarova. — Bu mukofot menga yanada masʼuliyat yukladi. Vatanim ravnaqi uchun bor kuchimni sarflayman.

Tadbirda viloyat hokimi tomonidan davlat mukofotlari — faxriy unvonlar, orden va medallar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер