Surxondaryo viloyatining 6 ta hududida tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxshilanadi

21:52 06 Yanvar 2024 Jamiyat
605 0

Иллюстратив фото

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshiriqlariga asosan, “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirilmoqda.

Natijada Termiz shahri va Termiz, Angor, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq hamda Sherobod tumanlarini 2024-2025-yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan taʼminlash uzluksizligi yaxshilanadi.

Shu munosabat bilan joriy yil 8-yanvar kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi barcha isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

"Mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligini bildirgan holda, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi" deyiladi rasmiy xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер