Surxondaryo hokimi barcha oʻrinbosarlariga ogohlantirish, bir nechta mutasaddi rahbarlarni esa intizomiy jazoga tortdi

17:53 10 May 2023 Siyosat
834 0

Viloyat hokimi matbuot xizmati xabariga koʻra, hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniq muddat bilan vazifalar bajarilishi belgilangan boʻlishiga qaramay topshiriqlar bajarilmagan. Xususan, viloyat hokimining oʻrinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.

Ijro intizomini oʻz holiga tashlab qoʻygan viloyat hokimining oʻrinbosarlari ogohlantirildi. Qishloq xoʻjaligi kotibiyat mudiri, “Surxondaryo HETK” AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Sherobod va Shoʻrchi tuman boʻlimlari, “Surxondaryoavtoyoʻl”, “Surxondaryo suv taʼminoti”, “Suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi boʻyicha” boshqarmasi, “Yagona buyurtmachi xizmati”, “Hududgaztaʼminot”, “Oʻzneftgazinpeksiya” va “Oʻzenergonazorat” boʻlimlari rahbarlariga, bir nechta tuman hokimi oʻrinbosarlariga intizomiy jazo qoʻllash topshirigʻi berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер