“Surxon sohili” yangi binoli boʻldi

14:43 31 Avgust 2022 Jamiyat
526 0

Foto: Xalq so‘zi

Surxondaryo viloyatida ham “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu gʻoya asosida nishonlanayotgan bayram shodiyonalari joylarda qurib bitkazilgan yangi inshootlar taqdimot marosimlariga ulanib ketmoqda. Jumladan, Termiz shahridagi “Surxon sohili” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi, Termiz shahar hokimligi vakillari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzlaganlar mamlakatimizda mahalla tizimi faoliyatini har jihatdan takomillashtirish, fuqarolar yigʻinlari uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, bir soʻz bilan aytganda, ushbu institutning davlat va jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash chora-tadbirlari oʻz samarasini berayotganini taʼkidladilar.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ushbu MFYga kompyuter jamlamasi va boshqa zarur jihozlar topshirildi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер