Suriyadagi terrorchilik tashkilotlariga qoʻshilmoqchi boʻlgan qashqadaryolik yigit qoʻlga olindi
Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davrida Internet tarmogʻi orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar taʼsiriga tushib, qoʻporuvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qoʻshilishni rejalashtirgan, Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiyada qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga olib kelindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring