Superkontraktni kamaytirish va uning toʻlovini 4 yoki 6 yil mobaynida boʻlib toʻlash tartibini joriy etish taklifi berildi
«Oʻqishga kirish uchun ball yetmay qolgan taqdirda superkontrakt tabaqalashtirilgan tizimi mavjud, lekin juda qimmat. Superkontrakt toʻlovini kamaytirish va superkontrakt toʻlovini 4 yoki 6 yil mobaynida boʻlib toʻlash tartibini joriy etsangiz».
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda ana shunday taklif bildirildi.
«Avvalo bildirilgan taklif uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda amaldagi oshirilgan toʻlov-shartnoma (superkontrakt) toʻlovini toʻlashga doir hujjatlar zaruratga koʻra oʻzgartirilganda mazkur taklifingiz vakolat doirasida koʻrib chiqiladi, — dedi F.Babashev. — Maʼlumot oʻrnida, oshirilgan toʻlov-shartnoma (superkontrakt) asosida oʻqish ixtiyoriy boʻlib, undan tushgan mablagʻlar OTMning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam koʻrsatish kabi bir qator xarajatlarga yoʻnaltirilgan».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring