Super-kontrakt boʻyicha muhim xabar eʼlon qilindi
2021/2022-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha arizalar topshirishning soʻnggi muddati 2021-yil 1-oktyabr kuni etib belgilandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim axborot xizmati xabar berdi.
Kirish imtihonlari natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring