Sudyalik maqomini 50 dollarga sotdi

16:33 24 Yanvar 2019 Jamiyat
1425 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani maʼmuriy sudi raisi O.F. 50 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytida qoʻlga olingan.

“UzNews.uz”ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasi bergan xabarga qaraganda, O.F. fuqaro A.T.dan unga nisbatan tayinlangan ikki yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini qisqartirib berish evaziga 100 AQSH dollari miqdorida pul soʻragan.

Joriy yilning 18 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni olib, qolgan 50 dollarni tez kunda olib kelishini talab qilgan.

2019 yil 22 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni oʻz xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

O.F.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер