Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtiriladi

17:18 17 Yanvar 2024 Siyosat
293 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan sud qarorlarini qayta koʻrish institutini takomillashtirish boʻyicha protsessual kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonunlardan kelib chiqib, yagona sud amaliyotini taʼminlash, qonunchilikdagi ayrim boʻshliqlarni hamda ziddiyatlarni bartaraf etish nazarda tutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi qonun hujjatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlashga, ulardagi boʻshliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер