“Strasburg” magʻlub boʻldi, “Kristal Pelas”dan gʻalaba

09:24 10 Aprel 2026 Sport
205 0

Kecha, 9-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa Konferensiyalar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Germaniyaning “Mayns 05” jamoasi oʻz maydonida Fransiyaning “Strasburg” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Kaysyu Sano va Shtefan Posh mualliflik qildi.

Ukrainaning bayroqdor klubi “Shaxtyor” mamlakatdagi siyosiy holat sabab oʻz uy uchrashuvlarini boshqa mamlakatlarda oʻtkazmoqda. Xususan, jamoa Yevropa Konferensiyalar ligasi chorak finalidan oʻrin olgan Niderlandiyaning “AZ Alkmar” jamoasiga qarshi oʻyinni Polshada oʻtkazdi va ushbu bahsda 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda kiritilgan gollarga esa Alisson (2 ta) va Pedrinyo mualliflik qildi.

Kunning soʻnggi oʻyinida esa Angliyaning “Kristal Pelas” klubi oʻz maydonida Italiyaning “Fiorentina” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Ismaila Sarr, Jan-Filipp Mateta va Tayrik Mitchell mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер