“Starship”ning portlab ketishi Ilon Mask uchun 13 mlrd dollarga tushdi
Kecha, 20-aprel kuni “SpaceX” kompaniyasiga tegishli “Starship” raketasining muvaffaqiyatsiz parvozi ortidan “Tesla” aksiyalari qiymati pasayib ketdi. Oqibatda dunyoning ikkinchi eng boy odami Ilon Mask bir kechada 12,6 milliard dollar yoʻqotdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha “Tesla” aksiyalari narxi 9,75 foizga arzonlashib, 162,99 dollarga tushgan. Kecha AQSHning Texas shtati Boka-Chika shahridagi kosmodromdan tarixdagi eng katta raketa “Starship” uchirildi. Biroq parvoz boshlanganidan toʻrt daqiqa oʻtib, u Meksika koʻrfazi ustida portlab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring