SSV: Yurtimizda emlash jarayonlarida 28 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi
Shu yil 8-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 325 355 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 198 822 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 74 366 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 52 167 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 28 170 887 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 14 649 315 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 8 966 856 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 4 554 716 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Samarqand viloyati (64 454 doza),
— Toshkent shahri (43 121 doza),
— Fargʻona viloyati (31 350 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 68,3 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring