SSP Raisi va Oʻzbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 29 aprel kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi Davron Vaxabov Oʻzbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli Boris Kandov bilan uchrashdi.
Soʻz boshida Davron Vaxabov faxriy konsulni Oʻzbekistonga tashrifidan bagʻoyatda mamnunligini bildirdi. Oʻz navbatida, Boris Kandov prezident Sh.M.Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli Oʻzbekiston qisqa fursatda koʻp natijalarga erishayotganini aytib oʻtdi.
Suhbat davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar muhokama qilindi.
Boris Kandov Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarni Avstriya orqali Yevropa davlatlariga eksportini amalga oshirishda yordam koʻrsata olishidan mamnun ekanligi toʻgʻrisida taʼkidladi. Shu bilan birga, Avstriyaning ilgʻor kompaniyalarini Oʻzbekistondagi investitsion klimat bilan tanishtirishga va oʻz faoliyatlarini Oʻzbekistonda poy devorini qoʻyishda ularga amaliy yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.
Qolaversa, suhbat davomida ikki mamlakat fuqarolari manfaatlari yoʻlida Oʻzbekiston-Avstriya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring