“Spring”larni oʻgʻirlagan kim ekan?
Sariosiyo tumanida 2020-yilning 8-iyul kuni, tumanning “Galabutta” mahallasida yashovchi, E.A. tuman Ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qilib, tumanning “Galabutta” mahallasida joylashgan dala maydonidan jami 70.000.000 (yetmish million) soʻmlik springler (yomgʻirlatib tomchilatib sugʻorish) tizimini nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Ushbu murojaat boʻyicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida ushbu oʻgʻrilik jinoyatini shu tumanda istiqomat qiluvchi, S.N. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 14-iyul kuni S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring