Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 10-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan “Vatanparvar” tashkilotida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xabar berdi.
Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad davlat va jamoat tashkilotlari hamda “Vatanparvar” tashkiloti oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va chaqiriluvchilar orasida ommaviy sport ishlarini tashkil yetish boʻyicha oʻzaro hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish, sportning texnik va amaliy turlarini yanada ommalashtirish boʻyicha istiqboldagi qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilab olishdan iborat.

“Vatanparvar” tashkilotining 32 yilligi munosabati bilan tashkil yetilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda ”Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi rahbariyati va hududiy kengashlarining raislari ishtirok yetdilar.
Konferensiyada ishtirok yetgan vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ushbu tashkilotlarda fuqarolar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib yetish, ularni jismoniy madaniyat va sportga keng jalb yetish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼruza qilib, ushbu sohada “Vatanparvar” tashkiloti bilan mustahkam hamkorlikda ish olib borish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, soʻnggi uch yilda “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari tomonidan avtokross, motokross, karting, duatlon, triatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan oʻq otish, modelchilik kabi sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston, MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori oʻrinlarni egallaganliklarini yuksak eʼtirof yetdilar. Birgina misol, 2023-yilning 9 oyi davomida tashkilot sportchilari Oʻzbekiston milliy jamoalari tarkibida 7 ta xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok yetib, shundan 17 ta oltin, 12 ta kumush va 20 ta bronza, jami 49 ta medallarni qoʻlga kiritdilar.

Konferensiya yakunida vazirlik va idoralar hamda “Vatanparvar” tashkiloti oʻrtasida hamkorlikda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va chaqiriluvchilar ishtirokidagi ommaviy sport ishlarini tashkil yetish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashrif buyuruvchilarga ”Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi binosi hovlisida tashkilot tizimidagi sport seksiyalari va toʻgaraklarining koʻrgazmalari namoyish yetildi. Ayniqsa, zamonaviy “Mohir mergan” pnevmatik quroldan oʻq otish koʻchma tiri” loyihasi taqdimoti barchada katta taassurot qoldirdi. Ushbu yangi loyihani yoʻlga qoʻyishdan maqsad mahallalar va umumtaʼlim maktablarida yoshlar oʻrtasida sportning pnevmatik quroldan oʻq otish turi boʻyicha musobaqalarni yuqori saviyada tashkil yetishdan iboratdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring