Sportchi Sultonbek Elmuratov 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi

10:52 17 Fevral 2022 Sport
702 0

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga koʻra, sportchi Sultonbek Elmuratovdan (sport turi – yunon-rum kurashi) 2021-yil oktyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasidan taqiqlangan “FUROSEMIDE” moddasi aniqlangan.

Bu haqda Agentlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

Shu bois S. Elmuratov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida koʻzda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021-yil 23-dekabrdan boshlab, 2025-yil 22-dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер