Soʻz — gul, ish — meva
Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “Soʻz — gul, ish — meva”, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlarning natijadorligi yuzasidan soliq organi xodimlari xalq muammolari yechimlariga eʼtiborni kuchaytirgan.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jalol Mahmadoʻstov Sergeli tumanida boʻlib, sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Yangihayot va Sergeli tumanidagi “yoshlar daftari”, “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kiritilgan yordamga muhtoj aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berish masalalari boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Turli sohalarda oʻqiyotgan va ishlayotgan, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan va faoliyatida muammoga duch kelgan hamda tadbirkorlik qilishni niyat qilgan yigit-qizlarning fikrlari eshitilib, muammolari yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jumladan, mazkur tumanda IT yoʻnalishi boʻyicha oʻz faoliyatini olib borayotgan Qurbonov Abubakir va oʻzi kabi 10 nafar yoshlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yer hamda kredit olish masalalari va zarur texnika va asbob-uskunalar yetishmovchiligi boʻyicha murojaat qilishdi va ularning murojaatlari yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi va ularning murojaatlari qanoatlantiriladigan boʻldi.
Biznes rejasi bor, lekin faoliyatini yoʻlga qoʻyishda muammolari boʻlgan Yusupov Abdurazzoq va yana 3 nafar yoshlar ham subsidiya masalasi boʻyicha yordam soʻrab murojaat qilishdi. Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari murojaatchilarning vaziyatlarini oʻrganib, ularning masalalari yuzasidan kerakli chora tadbirlar koʻrilishini taʼminlash maqsadida tuman soliq inspeksiya rahbariyatiga qator topshiriqlar olishdi.
Turmush tarzi ogʻir boʻlgan Yaxyoxoʻjayev Foziljonga oliygohda taʼlim olishi uchun kontrakt puli toʻlab beriladigan boʻldi. Shuningdek, harbiy xizmatga layoqatli ammo ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan va haydovchilik guvohnomasini olishga imkoni yoʻq yoshlarga ham amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi.
Uchrashuv soʻngida mazkur tumanning kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlari velosiped va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Yangihayot va Sergeli tumanlari yigit qizlari boʻlib oʻtgan uchrashuvdan judayam xursand boʻlishdi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring