Soʻz erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir — Sodiq Safoyev
Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev bu haqidagi fikrlarini bugun Xalqaro press-klubda “Konstitutsiya va qonunchilikda soʻz hamda matbuot erkinligi. Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida aytib oʻtdi.
— OAV — bugun xalq ovozi, toʻrtinchi hokimiyatga aylanib bormoqda, — dedi u. — Bu jarayon. Balki hali koʻp choʻqqilarga yetkanimiz yoʻqdir, lekin siljishlarni inkor qilish mumkin emas.
BMT Inson huquqlari komissiyasining eʼtirofi boʻyicha, soʻz erkinligi — inson rivojlanishining ajralmas omili. Insonlarning haq-huquqlari, manfaatlari haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, unga demokratiyasiz, soʻz va matbuot erkinligisiz erishib boʻlmaydi.
Soʻz erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat koʻrsata olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring