Soyabonli bekatni koʻrganmisiz?

12:54 17 Yanvar 2022 Jamiyat
740 0

Foto: Халқ сўзи

Bu surat Orolboʻyining Boʻzatov tumanidan olingan. Unda yomgʻir yogʻayotgan bir paytda ona va qiz soyabon ostida transport kutmoqda. Gap shundaki, ushbu soyabon odatdagidan ancha farq qiladi.

Jamoat transportini kutayotgan yoʻlovchilarni quyosh nuri va yogʻingarchiliklardan himoyalaydigan ushbu soyabon yoʻl boʻyida bekat vazifasini bajaradi. Koʻrinishi betakror, yoʻlovchilar uchun oʻrindiqlar qoʻyilgan.

Aytish kerakki, Orolboʻyining boshqa tumanlarida ham ana shunday noanʼanaviy uslubda qurilgan bekatlarni koʻplab uchratish mumkin. Xususan, Qonlikoʻl tumanida qora uy, yaʼni oʻtov shaklida qurilgan va qoraqalpoq milliy naqshlari bilan bezatilgan bekatlarga duch kelasiz.

Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер