Sovotda yangi bogʻcha ish boshladi

14:49 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
547 0

Foto: Tolibjon Ergashev / Xalq soʻzi

Jizzax viloyatidagi eng kenja tuman – Yangiobodning togʻli Sovot qishlogʻida 120 oʻringa moʻljallangan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini boshladi.

– Qishlogʻimiz va unga yondosh hududlar togʻ va adirlardan iborat boʻlib, aholi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, - deydi mazkur nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari Sherzod Joʻraqulov. – Bogʻchamizda malakali tarbiyachilar bilan birga ayollar va yoshlar “temir daftar”lariga kiritilgan xotin-qizlar uchun ham ish oʻrinlarini tashkil etdik.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер