Soʻnggi besh yil davomida mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning soni ikki barobarga oshdi

14:57 03 Mart 2023 Iqtisodiyot
796 0

Foto: Arxiv surat

2023-yil 1-fevral holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 15 481 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston statistika agentligining maʼlumotlarida qayd etilishicha, bu 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining soʻnggi yillar kesimidagi oʻsish dinamikasi quyidagicha:

2019-yilda — 7 810 ta;

2020-yilda — 10 604 ta;

2021-yilda — 11 919 ta;

2022-yilda — 13 393 ta;

2023-yilda — 15 481 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер