Soʻnggi 4 yilda Oʻzbekistonga olib kelingan elektromobillar haqida maʼlumot berildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga koʻp.
2021-yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.
2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 119 ta
Turkiya – 24 ta
Koreya – 4 ta
AQSH – 4 ta
Germaniya – 3 ta
Litva – 1 ta
Ispaniya – 1 ta
2021-yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 150 ta
Samarqand viloyati – 2 ta
Andijon viloyati – 2 ta
Toshkent viloyati – 1 ta
Sirdaryo viloyati – 1 ta
Soʻnggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018-yilda – 13 ta
2019-yilda – 39 ta
2020-yilda – 131 ta
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring