Soʻnggi 10 kunda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 14 mlrd. 898 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda noyabr oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 1 ming 185 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Bunda 11 mlrd. 338 mln. soʻmlik elektr energiyasi va 3 mlrd. 560 mln. soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 14 mlrd. 898 mln. soʻmlik zarar undirishga qaratildi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Fargʻona va Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring