Soliq qoʻmitasi: 25 nafar masʼul ishdan ketdi, qariyb 150 nafar xodimga intizomiy choralar belgilandi
Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda qoʻmita Axborot xizmati xabar berdi.
Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilishda xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato hamda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.
Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring