Soliq organlarida 295 mingdan ortiq shartnoma hisobga qoʻyilgan

18:46 05 Yanvar 2024 Jamiyat
564 0

2023-yil 1-iyul holatiga soliq organlarida 295 574 ta koʻchmas mulk ijara shartnomasi hisobga qoʻyildi.

Jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 205,8 mingta ijara shartnomasi asosida 62 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 23,4% ga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 39,4% ga oshgan.

Yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 89,7 mingta ijara shartnomasi asosida 261,6 mlrd soʻm soliq hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25% ga va hisoblangan soliq summasi 33% ga oshgan.

Talabalar bilan 29 647 ta ijara shartnomasi tuzilgan boʻlib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 44 462 nafarni tashkil etdi.

Soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 23,6 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер