Soxta shartnomaning “misi” chiqdi, biroq...

12:12 13 Mart 2020 Jamiyat
894 0

Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi fuqaro E.A.ning 2020 yi 09-mart kuni Buxoro shahar IIO FMBga yozgan arizasi yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida, Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan U.X “Damas” rusumli avtomashinani olib berishni vaʼda qiladi. 2012-yil noyabr oyida fuqaro E.A.dan 7800 AQSH dollarini oladi va ekspertiza xulosasiga koʻra rangli tomchi-purkovchi printer yordamida tayyorlangan soxta shartnoma taqdim qilib, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflagan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

U.X.ning harakatlarida JKning (eski tahrirdagi) 168-moddasi 2-qismi “a,b” va 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlarida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari boʻlsa-da, JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan jinoiy javobgarlikka tortish muddati tugaganligi sababli jinoyat ishi harakatdan tugatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер