“Soxta operator” qoʻlga olindi

14:20 14 Noyabr 2023 Jamiyat
313 0

Foto: Illustrativ foto

Toshkent shahar, Sergeli tumanida yashovchi 44 yoshli M.V. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.020.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida yashovchi 18 yoshli K.R. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, K.R., jabrlanuvchi M.V.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini “Click“ operatori sifatida tanishtirib, ”SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, 2.020.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, K.R.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b”qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер