Soxta “koʻmir”chi qoʻlga tushdi

12:17 20 Dekabr 2019 Jamiyat
1065 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Qish mavsumida koʻmirga boʻlgan ehtiyoj har doimgidan ortadi. Bundan oʻz manfaati yoʻlida unumli foydalanmoqchi boʻlgan ayrim soxta tadbirkorlar esa aholi ehtiyojini emas, oʻz jigʻildonini oʻylashga kirishib ketadilar. Ana shunday yurtdoshlarimizdan biri E. M. Jalaquduq tumanining “Yangisor” MFYda koʻmir savdosini yoʻlga qoʻydi.

“Soliq xodimlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirda uning hech qanday rasmiy hujjatlarsiz faoliyat yuritayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, unga tegishli umumiy qiymati 36 million 720 ming soʻmlik 48 tonna koʻmir mahsuloti daliliy ashyo sifatida olindi”, deydi Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Shoxruxbek Egamnazarov. Xalq ehtiyojini qondirish yaxshi, biroq bu kabi amallar davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bajarilsa undan ham yaxshi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер