Soxta hujjatlar asosida yer maydonini 510 000 AQSH dollariga sotgan fuqarolar qoʻlga tushdi

11:24 18 Fevral 2023 Jamiyat
588 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-138-son qarori ijrosi oʻrganilganida bir qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, sobiq Nurafshon shahar qurilish boʻlimi boshligʻi X.X., kadastr agentligining Piskent tuman boʻlimi boshligʻi A.Q., Nurafshon shahar hokimligi umumiy boʻlimi sobiq boshligʻi A.X. va boshqalar tomonidan Nurafshon shahri “Birlik” mahallasida joylashgan shahar hokimligi zaxirasidagi 10,0 gektar boʻsh yer maydonini goʻyoki shahar Bosh rejasiga koʻra “U.B.S.” MCHJga yuklarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash omborxonalari, muzlatkich va terminal bino inshootlarini loyihalashtirish va qurish uchun ajratish toʻgʻrisidagi Nurafshon shahar hokimining qarorini soxtalashtirib, mazkur soxta hujjatlar asosida yer maydonini “D.E.S.” MCHJ mansabdor shaxslariga 510.000 AQSH dollariga sotib, davlat va fuqaro manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan X.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va boshqa tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер