Soʻxlik tadbirkorlar tashabbusi

18:10 01 Aprel 2022 Jamiyat
657 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatining anklav hududi sanalgan Soʻx tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada soʻxlik tadbirkorlar tashabbus koʻrsatayotgani quvonarlidir.

Ana shunday tadbirkorlardan biri — Asliddin Azizov tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida “Tul” mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi bino qurib bitkazildi. Tashabbus doirasida 1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib, binoda savdo doʻkonlari hamda oʻquv markazi faoliyat koʻrsatishi uchun ham sharoit yaratildi.

Shunday qilib ayni paytda tumanda mavjud 27 ta MFYning barchasi zamonaviy sharoitlarga ega boʻldi.

— 2022-yilning oʻzida hududimizda davlat-xususiy sheriklik asosida oʻnga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, — deydi Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Joʻrayev. — Bu ishlarning tashabbuskori aynan fidoyi tadbirkorlarimiz boʻlayotgani eʼtiborga loyiq.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер