Soʻxda aerodrom quriladi

13:49 08 Fevral 2021 Jamiyat
804 0

Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan jami 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati 12 mlrd soʻmdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Fargʻona viloyat hokimligi xabar berdi.

Maʼlumot oʻrnida: Prezidentning “Soʻx tumanini 2020–2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Soʻx tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер