Sohibqiron ulgʻaygan diyorda uning 690-yilligi keng nishonlandi

14:24 09 Aprel 2026 Jamiyat
225 0

Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonladi.

Tadbir erta tongdan ishtirokchilarning “Koʻkgumbaz“ obidasida joylashgan Sohibqiron Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin Kulol va Sayidlar maqbarasini ziyorat qilishi bilan boshlandi. Shu yerda jonliq soʻyilib, oʻtgan ajdodlarimiz ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

Oqsaroy majmuasi boʻylab viloyatdagi shahar, tuman hokimliklari, masʼul tashkilotlar, taʼlim muassasalari tomonidan tashkil qilingan, buyuk bobokolonimizning harbu zarbdagi yutuqlari, bunyodkorlik ishlari, davlatchilik tarixi, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati, maʼnaviy-maʼrifiy hayotini aks ettiruvchi koʻrgazmalar barchada katta taassurot qoldirdi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер