Sogʻliqni saqlash tizimiga oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga koʻp mablagʻ ajratiladi — Zuxra Ibragimova

13:55 08 Noyabr 2023 Siyosat
108 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida fraksiyalar rahbarlari ham qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Zuxra Ibragimova, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari:

— Qonun loyihasi mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, ijtimoiy sohalarni qoʻllab quvvatlashga, hududiy boshqaruv organlarining budjetni ishlab chiqish, mablagʻlarni tasarruf etishdagi roli va mustaqilligini oshirishga katta eʼtibor qaratilgani bilan ahamiyatli.

Loyihada ijtimoiy sohaga, xususan, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga kelgusi yilda ham katta eʼtibor qaratilgan boʻlib, taʼlim sohasiga 69 trln. yuz mlrd. soʻm, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 21 foizga oshgan, xuddi shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimiga 33 trln. 400 mlrd. soʻm, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga koʻp mablagʻ ajratish nazarda tutilgan.

Bu, oʻz navbatida, sifatli taʼlimni taʼminlashga hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishga imkon yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер