Sobiq reper Balendra Shah Nepal Bosh vaziri boʻldi
Katmanduning sobiq meri va sobiq reper Balendra Shah Nepalning yangi Bosh vaziri boʻldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shah 35 yoshda. Soʻnggi oʻn yilliklar davomida birinchi marta eng yosh mulozim va madxesi xalqi vakili hukumat rahbariga aylandi.
Yangi Bosh vazirni qasamyodga keltirish marosimi prezident saroyida diplomatlar va yuqori martabali mulozimlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Balendra Shah yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirdi, hukumat tarkibidan 14 kishi joy oldi.
Shahning partiyasi gʻalaba qozongan saylovlar mamlakatda oʻtgan yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan va 76 kishining hayotiga zomin boʻlgan ommaviy norozilik namoyishlaridan keyingi birinchi saylovlar boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring