Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida maʼlum qildi.
TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
“Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud”, deydi Saidov.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, ikki tomonlama munosabatlarning 2025-yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarning mustahkamlashishi esa ustuvor vazifadir.
Nodira Rahimova,
OʻzJOKU talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring