Sloveniya Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarini diplomatlarni Kiyevga qaytarishga chaqirdi
Foto: AP
Sloveniya Bosh vaziri Yanez Yansha Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarini diplomatlarni Kiyevga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi «Tvitter»dagi sahifasida yozgan.
“Endi Yevropa Ittifoqi va NATOga barcha aʼzo davlatlar oʻz diplomatlarini Kiyevga qaytarishlari kerak”, deb yozgan u.
29-martdan Sloveniyaning Kiyevdagi elchixonasi oʻz faoliyatini yana davom ettira boshlagan. Muvaqqat ishlar vakili Boshtyan Lesyak Kiyevga kelgan va oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan. Shuningdek, u diplomatik vakolatxona kirish eshigi oldiga Sloveniya bayrogʻini osib qoʻygan. Oʻz navbatida, Yanez Yanshaning diplomatlarni Kiyevga qaytarish haqidagi qarori Lyublyanada bahslarga sabab boʻldi.
15-mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari bilan uchrashgan edi. Siyosatchilar Rossiyaga sanksiya siyosatini davom ettirish va kuchaytirish masalalari, Ukrainaga gumanitar yordam koʻrsatish va uni kelajakda qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgan edilar.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.
Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi bir qator rasmiylar, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
29-mart kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida yuzma-yuz muzokaralar boʻlib oʻtdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiyga koʻra, muzokaralar konstruktiv oʻtgan. Rossiya tomoni muzokaralar davomida Ukraina vakillaridan aniq shakllangan pozitsiyani olgan.
Shuningdek, Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev va Chernigov yoʻnalishlarida harbiy harakatlarni keskin qisqartirishga qaror qilinganini bildirdi.
Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fominning soʻzlariga koʻra, bu qaror Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi betaraflik va yadrosiz maqom, shuningdek, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish boʻyicha muzokaralar munosabati bilan qabul qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring