“Сlick” ilovasi orqali sodir etilgan kiberjinoyat fosh etildi

13:22 29 Noyabr 2023 Jamiyat
194 0

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 38 yoshli G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 250.000.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli N.G., Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi 18 yoshli T.X. hamda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi 26 yoshli I.M.lar sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, N.G. jabrlanuvchi G.O.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini “Click” operatori sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, jami 250.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, N.G.,T.X. va I.M.larning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер