Sizni soʻrab kelishsa...

22:48 08 Sentyabr 2022 Jamiyat
939 0

Foto: Illustrativ surat

Ha, sizni soʻraydigan odam boʻlganiga ne yetsin. Ayniqsa, soʻrovchi  mahalladan yoki poliklinikadan boʻlsa, oʻzingizni jamiyatga kerakligingizni his qilib, dilingiz yayraydi. Beixtiyor, hayotga, yurt ertasiga ishonchingiz yuksaladi.

Aslida ham oʻzi biz kabi keksalar jamiyatning donishmand bir qismi boʻlib, mahalla maʼnaviy hayotiga, oilalar totuvligiga va yoshlar tarbiyasiga masʼul boʻlishimiz kerak va bu burchni bajarishga doim tayyormiz. Inson qadri ulugʻlanayotgan shunday kezlarda bizning qalbimizda ham eʼtiboru eʼzozdan qarzdorlik hissi uygʻonishi tabiiy.

Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, Nazarbek hududidagi Madaniyat uyi, sport inshooti shunday shinam va goʻzal qiyofaga kirdiki, koʻrgan kishining koʻzi quvnaydi. Hozirgi kunda sport majmuasida 200 nafar yigit-qiz sportning bir necha turi bilan muntazam shugʻullanishmoqda. Hashar yoʻli bilan 300 metr suv quvurlari yangilandi. Hududdagi 19-poliklinika davlat mablagʻi hisobidan taʼmirlanib, koʻrkam maskanga aylantirildi.

Bunday beqiyos oʻzgarishlar yurtimizda inson qadri ulugʻlanayotganiga yorqin misol boʻla oladi. Zotan, kunora eshigim qoʻngʻirogʻi tugmasini kimdir bosadi: “Buvajon, salomatligingiz yaxshimi?”, “Qanday masalalarda shikoyatingiz bor?”, “Pensiyangizni olib keldim”, “Sizning fikringiz biz uchun muhim” deya meni «bezovta» qilishadi. Shunda, yaratganga shukronalar aytaman: keksalari eʼzozlangan jonajon yurtga koʻz tegmasin!

Aminjon Qodirov,

Toshkent viloyati Zangiota tumani.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер