Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari roʻyxatga olindi

10:31 05 Avgust 2024 Jamiyat
273 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi oʻtkazildi.

Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonova boshqargan yigʻilishda joriy yilning 27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari xususida maʼlumot berildi.

Majlisda siyosiy partiyalardan ilk bor “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlar koʻrib chiqilib, vakolatli vakillarni roʻyxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda matbuot markazi tarkibi tasdiqlanib, ularning vazifalari belgilandi. Xususan, matbuot markazi saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini amalga oshiradi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq brifinglar, matbuot anjumanlarini uyushtiradi. Jurnalistlar va jamoatchilikka saylovga oid masalalar boʻyicha tezkor axborot berib borish, maʼlumotlarni yetkazish ishlarini tashkil etish ham matbuot markazi zimmasiga yuklatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер