O‘zbekistondagi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazining taklifiga binoan Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20 avgustdan boshlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi.
Vazirlik OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatini ham tasdiqlagan. Ro‘yxat vazirlik saytida e’lon qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring