Sirdaryolik oʻquvchilar Konstitutsiyamizni suratlarda aks ettirdi

13:10 28 Noyabr 2022 Jamiyat
512 0

Foto: Xalq so‘zi

Oilada yolgʻiz oʻgʻil boʻlgan sirdaryolik yigit bolaligida ota-onasiga bergan vaʼdasini bajardi. Ularni Umra ziyoratiga joʻnatdi.

Ha, bizning bolalarimiz ota-ona oldidagi burchini hali voyaga yetmasdanoq anglaydi, ularni eʼzozlash, izzat-hurmatini joyiga qoʻyishni zimmasidagi muqaddas vazifa deb biladi. Va bu qadriyat Konstitutsiyamizda ham qonuniy ifodasini topgan va voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekani qayd etilgan (44-modda).

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining oʻquvchilari Konstitutsiyamiz mohiyati va ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyatini ana shunday ijodiy yondashuv va topilmalar asosida mohirona aks ettirdilar.

Maktab-internat direktori, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi,“Shuhrat” medali sohibi Bahodir Bobonazarovning maʼlum qilishicha, oʻquvchilar Konstitutsiya mavzusida yuzga yaqin suratlar chizishgan. Ijodiy ishlarning eng saralari “Adolat” SDP tomonidan oʻtkazilayotgan “Konstitutsiya – ranglar jilosida” tanlovining respublika bosqichiga taqdim qilindi.

Ahmadali SHERNAZAROV,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер