Sirdaryodagi quvvati 1500 MVtli IESga Yaponiyadan keltirilgan bugʻ-gaz turbinasi oʻrnatildi

22:45 23 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
936 0

Foto: Халқ сўзи

Xabaringiz bor, Shirin shahri va Boyovut tumani hududidagi 85 gektar maydonda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga umumiy qiymati 1,2 milliard dollar va quvvati 1500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Ayni kunda qurilishi davom etayotgan stansiyaga Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 525 tonnalik dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinasi olib kelindi.

Bugun ushbu gaz turbinasini oʻrnatish jarayonida bosh vazir oʻrinbosari — energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, “ACWA Power Sirdarya” MCHJ ijrochi direktori Majeyed Mubashar Axmed ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер