Sirdaryodagi Maxsus qabulxona sharoitlari oʻrganildi

18:06 22 Dekabr 2023 Jamiyat
443 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Mirzaobod tumanidagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Maʼmuriy qamoqqa olinganlarni Maxsus qabulxonaga qabul qilish chogʻida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda qamoqqa olingan shaxslar haqida maʼlumot uning qarindoshlariga telefon orqali darhol xabar qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Maxsus qabulxonaning qish mavsumiga tayyorgarligi oʻrganilganda, kameralar toʻliq issiqlik bilan taʼminlanaganligi aniqlandi.

Maxsus qabulxonada saqlanayotganlar uchun sayrga chiqish joylari, ularning shaxsiy buyumlarini saqlash va qaytarib berish, tibbiy xizmatdan foydalanish xonalari hamda oshxona va kunlik menyu koʻzdan kechirildi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha muassasa rahbariyatiga Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер