Sirdaryodagi 41 ta mahallada “Onalar bogʻi” barpo etildi
Foto: Халқ сўзи
— Biz suvni doʻppisida tashib boʻlsa ham, daraxt koʻkartirishga odatlangan xalqmiz, — dedi Sirdaryo viloyat hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nargiza Tojiboyeva. Va viloyat boʻylab tashkil etilgan “Onalar bogʻi” haqidagi maʼlumotlarni taqdim qildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Onalar bilan yashil makon sari” loyihasi doirasida hozirga qadar Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida 41 mahallada, jami 1,05 gektar maydonda “Onalar bogʻi” bunyod etildi. Oʻziga xos loyiha doirasida 11 ming 156 ta manzarali, 44 ming 111 ta mevali, 4684 ta buta, 26 ming 631 ta gul koʻchatlari hamda 809 ta dorivor giyohlar ekildi.
“Onalar bilan yashil makon sari” loyihasiga mirzaobodlik Mayram Ibragimova, oqoltinlik Choʻlponoy Umarova, sayxunobodlik Gulsum Boyboʻtayeva oʻz tomorqalarida oʻstirgan mevali, manzarali daraxt va gul koʻchatlari bilan hissa qoʻshgani esa tahsinga loyiq.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring