Sirdaryodagi 284 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda

10:09 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
729 0

Bugun Sirdaryo viloyatida tashkil qilingan 284 ta saylov uchastkacida 493 ming 978 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning 14 ming nafardan ortigʻini ovoz berishda ilk bor qatnashadigan yoshlar tashkil qiladi.

Guliston davlat untversiteti talabalar Muxlisa Yoʻldosheva va Marjona Eshimova ana shunday yoshlardan. Ular oʻzlari roʻyxatga olingan Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasida birinchilardan boʻlib ovoz berdi.

- Saylovda oʻz orzu-istaklarim, Vatanimiz tinchligi, xalqimizning baxtli hayoti, yurtimiz ravnaqi uchun ovoz berdim, - deydi GulDU talabasi Marjona Eshimova. - Oʻzim oliy oʻquv yurtini bitirgach, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasi texnologi boʻlib ishlayman. Mamlakatimiz agrar tarmogʻida sanoatni yanada rivojlantirishga oʻz hissamni qoʻshishga astoydil harakat qilaman.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер