Sirdaryoda Yaponiya bilan hamkorlik koʻlami kengayadi

10:22 10 Aprel 2026 Jamiyat
249 0

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Yaponiyaning qator kompaniya va tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish suhbatning asosiy masalalari boʻldi.

Muzokaralar davomida yapon tomonining ilgʻor tajribasini mahalliy taʼlim tizimiga joriy etish, amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayonlarini kuchaytirish va malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha fikr almashildi.

Yakunda tomonlar hamkorlikni aniq loyihalar asosida yoʻlga qoʻyish va uni izchil rivojlantirishga kelishib oldi.

Maʼlumot uchun: Sirdaryo tumanidagi 42- umumtaʼlim maktabida 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab yapon tili ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitilyapti. Hozirda mamlakatimizning bir necha viloyatlari qatori Sirdaryo viloyatida ham Yaponiyaning “SPRIX Inc.” kompaniyasi bilan maktab taʼlimi sohasida matematika va dasturlash pilot loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер