Sirdaryoda «quyoshli xonadonlar» koʻpaymoqda
Foto: Xalq so‘zi
Prezidentimizning shu yil 16-fevraldagi «2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida aholining kam taʼminlangan, ehtiyojmand qatlam vakillari xonadonlariga quyosh panellarini oʻrnatib berish ishlari davom etmoqda.
— Hozirgacha 27 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi xonadonlariga «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi, uning tuman va shahar boʻlinmalari qoshida tashkil etilgan «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasining 199,2 million soʻmlik mablagʻi hisobidan quyosh panellari va suv isitgichlari oʻrnatib berildi, — deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi raisi oʻrinbosari Anvar Narzullayev.
Taʼkidlash lozimki, bunday uskunalarning oʻrnatib berilishi natijasida kam taʼminlangan, olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchilarning bir necha muammolari oʻz yechimini topmoqda. Yaʼni elektr energiyasi taʼminotining uzluksizligi taʼminlangani holda unga sarflanadigan xarajatlar qisqarib, bu oilalarga qoʻshimcha daromad topish imkoniyati ham berilmoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV, «Xalq soʻzi».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring