Sirdaryoda «Onalarga ehtirom» festivali oʻtkaziladi
Foto: Illustrativ surat
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mart oyining birinchi oʻn kunligida viloyatimizda ilk bor “Onalarga ehtirom” festivali oʻtkaziladi. Festival dasturidan “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik tanlovi, “Zakovat” intellektual oʻyini, turli sport musobaqalari, oqila va olima ayollar uchrashuvlari oʻrin olgan.
Viloyat hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nargiza Tojibayevaning taʼkidlashicha, tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat.
“Viloyat hokimining taklifi bilan ommaviy shodiyona sifatida festivalning viloyat bosqichi tashkillashtiriladi va gʻoliblarga turli nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar topshiriladi”, — deydi Nargiza Tojibayeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring