Sirdaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi qismi chetidagi maydonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish mavsumiga start berildi. Ayni paytgacha 10 ming tup terak ekilgan yerga qayragʻoch, shumtol va boshqa mahalliy tuproq hamda iqlim sharoitiga mos daraxt nihollari oʻtqazildi.


Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev loyihaning katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, barchani mevali va manzarali daraxtlarni koʻpaytirishdek xayrli ishlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.


Maʼlum qilinishicha, kuzgi mavsumda viloyat boʻyicha 6 million tup koʻchat ekiladi. Har bir hududning tabiiy sharoitlariga mos daraxt nihollari oʻtqazilishiga qatʼiy eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, koʻchat yetkazib berish va tarqatish, ularning parvarishi boʻyicha aholi manfaatdorligini taʼminlash boʻyicha ham aniq tadbirlar amalga oshiriladi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring